Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Hasanboydan kumush medal

Nurali
Izohlar: 0

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Bir necha kun davom etgan qizg‘in bellashuvlarda terma jamoamiz vakillari munosib ishtirok etishdi. 

Musobaqaning so‘nggi kunida yosh kurashchilarimiz 1 tadan oltin va kumush medallarini jamg‘arishdi. Xabar berganimizdek, biroz avval 61 kg vazn toifasida Abbos Rahmonov chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, eng og‘ir vazn toifasida gilamga chiqqan Hasanboy Rahmonov finalda eronlik Amir Yoriga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Shu tariqa musobaqa terma jamoamiz vakillari yunon-rim kurashida 1 tadan oltin va kumush, 2 ta bronza, ayollar kurashidan 1 kumush, shuningdek, erkin kurashdan 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q