Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ispaniya chempionatining to‘purar himoyachilari. Top-4

Izohlar: 0

3 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan “El klassiko”da “Real”ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Serxio Ramos La Ligada o‘zining 48 golini kiritdi va to‘purar himoyachilar orasida 3 o‘ringa ko‘tarilib oldi. Xo‘sh, umuman “La Ligada eng ko‘p gol kiritgan himoyachilar kimlar o‘zi?” degan savolga ushbu maqola orqali javob olishingiz mumkin. Bugungi kunda Ispaniya La Ligasi jahondagi ikki etakchi ligalardan biridir. Ushbu liga jamoalari butun Evropa, qolaversa, jahonda ham tengsiz bo‘lib kelmoqdalar. Biz esa ushbu chempionatda eng ko‘p to‘p kiritgan to‘rt nafar himoyachi bilan sizlarni tanishtiramiz.

4. Roberto Karlos – 47 ta gol

O‘zining yuqori tezligi, jarima zarbalarini mahorat bilan ijro etishi va kuchli zarbalari bilan nom qozongan Roberto Karlos “Qirollik klubi”da to‘qqiz yil faoliyat olib bordi va 600 ga yaqin uchrashuv o‘tkazgan holda, raqiblar darvozasini 71 marotaba ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. Jumladan, La Ligada 47 bor raqib darvozabonlarini ranjitdi.

3. Serxio Ramos – 48 ta gol

“Real Madrid” sardori va zamonaviy futbolning eng sermahsul himoyachisi aynan Ramosdir. Ramos butun faoliyati davomida hozirga qadar jami 76 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, shulardan 48 tasi La Ligaga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari Serxio to‘qqiz bor EChLda zafar quchgandir. Qolgan gollar esa boshqa musobaqalarga to‘g‘ri keladi.

2. Ronald Kuman – 67 ta gol

Butun faoliyati davomida 193(!) ta gol urish… Bu ishni hujumchilar ham eplay olmayotir hozirda. Biroq gollandiyalik himoyachi jarima zarbalarini qoyilmaqom qilib ijro etishi uni cho‘qqiga olib chiqdi. Martin Kumanning o‘g‘li bo‘lgan Ronald “Barselona”da olti mavsum to‘p tepdi. Bu orada esa to‘rt bor Ispaniya chempioni bo‘ldi. Qolaversa, EChL (EChK) kubogini ham boshi uzra baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Kuman “Barsa”da jami 67 bor zafar quchgandir.

1. Fernando Yerro – 105 ta gol

Yerrolar oilasining kenja vakili bo‘lgan Fernando “Valyadolid” klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. “Real” safida 15 mavsum to‘p tepgan Yerro uzoq yillar jamoaga sardorlik qiladi. Bu vaqt oralig‘ida “qaymoqranglilar” bilan 16 ta sovrin yutadi. Kichik Yerro La ligada 105 ta to‘p kiritgani tahsinga sazovordir. Bu natija himoyachilar orasidagi eng yaxshisidir. Darvoqe, terma jamoada 29 gol urgan Fernando to‘purarlar orasida to‘rtinchi o‘rinda turadi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q