
Istomin - chempion!
Hozirgina Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan ATP turkumidan o‘rin olgan turnir finali yakuniga etdi.
Yakkalik bahslarining xal qiluvchi o‘yinida hamyurtimiz Denis Istomin kiprlik Markos Bagdatisga qarshi kortga chiqdi.
Bahs boshlanganiga 23 daqiqa bo‘lgan vaqtda kiprlik tennischi uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Bu vaqtda tennischimiz ilk setda 3:2 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. Shu tariqa, O‘zbekistonning birinchi raketkasi mukofot jamg‘armasi 1 mln dollardan ziyodni tashkil etuvchi turnir g‘olibiga aylandi.
Fikrlar