Istomin bahsni davom ettira olmadi
Oldin xabar berganimizdek, Turkiyaning Isnabul shahrida "Chellenjer" turkumiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin mazkur turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.
Bugun tennischimiz chorak final bosqichida qozog‘istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi. Ushbu o‘yin 5 set davom etdi. Denis 5-setdan so‘ng uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Bu vaqtda tennischilar kortda 46 daqiqa harakat qilib ulgurishgan va 3:2 hisobida qozog‘istonlik raketka ustasi oldinda borayotgan edi.
Shunday qilib, Istomin uchun Istanbuldagi turnir yakuniga etdi.

Izohlar (0)