Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Istomin bugun kortga chiqadi

Izohlar: 0

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionati va Devis kubogidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan so‘ng Niderlandiyada tashkil etilgan "ABN AMRO World Tennis Tournament - 2017" xalqaro turnirida ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Dunyoning etakchi tennischilari qatnashayotgan mukofot jamg‘armasi 1 837 394 AQSh dollari bo‘lgan turnirning saralash bahslarida Denis Istomin dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi.

Hamyurtimiz musobaqani ikkinchi davradan boshlaydi. Uning raqibi birinchi bosqichda mezbonlar vakili Nils Lutsmani 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan britaniyalik Alyaz Bedene bo‘ladi.

Denis Istomin bu tennischi bilan 2015 yili Moskva shahridagi "Kremlin Cup" turnirida o‘zaro to‘qnash kelgan va 6:3, 6:3 hisobida zafar quchgan.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q