Istomin kim bilan kuch sinashadi?
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Niderlandiyadagi "ABN AMRO World Tennis Tournament - 2017" xalqaro turnirida ikkinchi davraga yo‘llanma olganini xabar qilgan edik.
Mukofot jamg‘armasi 1 837 394 AQSh dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning birinchi raund o‘yinlari hamon davom etmoqda. Bugun Denis Istominga qarshi kortga chiqadigan tennischi nomi ma’lum bo‘ladi. Hamyurtimizga bolgariyalik Grigor Dimitrov va germaniyalik Misha Zverev bahsi g‘olibi ro‘baro‘ bo‘ladi.

Ayni paytgacha yakunlangan uchrashuvlar natijasi bilan tanishing:
Jil Simon (Frantsiya) — Nikolya Mayu (Frantsiya) 3:6 6:3 6:4
Filipp Kolshrayber (Germaniya) — Lyuka Pui (Frantsiya, 8) 7:5 6:2
Jil Myuller (Lyuksemburg) — Tallon Grikspor (Niderlandiya, WC) 6:3 6:2
Martin Klijan (Slovakiya) — Fernando Verdasko (Ispaniya) 6:4 0:6 6:1
Jo-Vilfrid Tsonga (Frantsiya, 6) — Stefanos Tsitsipas (Gretsiya, WC) 6:4 7:6
Marin Chilich (Xorvatiya, 1) — Benua Per (Frantsiya) 5:7 6:3 6:2
Borna Chorich (Xorvatiya) — Karen Xachanov (Rossiya, LD) 7:6 7:6

Fikrlar