Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Jasur Latipov jangsiz yarim finalga chiqdi

Zohir2018
Izohlar: 0

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha "Gubernator kubogi" musobaqasida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning chorak finalida tajribali bokschimiz Jasur Latipov 52 kilogramm vazn toifasida ishtirok etmoqda. Turnirning chorak final bahslarida Jasurga munosib raqib topilmadi va u o‘z-o‘zidan yarim finalga yo‘l oldi.

Vazni 56 kilogramm bo‘lgan Shahobiddin Zoirov chorak final bahsida rossiyalik Muhammad Shehovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Sports.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q