Jizzaxlik bokschi Rossiyada debyut qiladi
Shu yilning 25 mart kuni Rossiyaning Anapa shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi. Musobaqa dasturidan joy olgan to‘qqizta jangdan birida jizzaxlik bokschi Dostonbek O‘ljaboev professional rindagi birinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
Bo‘lajak jangda Donstonbek mezbonlar vakili Armen Ataevga qarshi ringga chiqadi. Bu reyting jangi to‘rt raunddan iborat bo‘ladi.
Dostonboek O‘ljaboevning raqibi Armen Ataev professional bokschilik faoliyatini o‘tgan yili boshlagan va bittadan g‘alaba va durang qayd etgan.

Izohlar (0)