Jo-Vilfrid Tsonganing ishlari yomon emas

Frantsiyalik tennischi Jo-Vilfrid Tsonga o‘z yurtida o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Monpele shahrida o‘tayotgan musobaqaning mazkur bosqichida Tsonga hamyurti Ugo Umberni 3:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub qildi.

Shu tariqa Jo "Open Sud de France" turnirining ikkinchi davrasida yana bir frantsiyalik tennischi Jil Simonga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!