Jokovich va Xalep eng tezkor tennischi ekan
Avstraliya tennis federatsiyasi "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlardagi ma’lumotlar asosida 2016 yilning eng tezkor tennischilarini aniqladi.
Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida Novak Jokovich eng katta tezlikda harakat qilgani ma’lum bo‘ldi. Uning maksimal tezligi 36,02 kilometr/soatni ko‘rsatgan. Ayollar o‘rtasida esa Simona Xalepga teng keladigani topilmadi. Ruminiyalik tennischi qiz 23,04 kilometr/soat tezlikda yugurgan.
Eng tezkor tennischilar bilan tanishing:
Erkaklar
1. Novak Jokovich (Serbiya) — 36,02 km/s (maksimal tezlik) — 14,89 km/s (o‘rtacha tezlik).
2. Endi Marrey (Buyuk Britaniya) — 34,87km/s — 15,89 km/s.
3. Lleyton Xyuitt (Avstraliya) — 31,24 km/s — 15,25 km/s.
Ayollar
1. Simona Xalep (Ruminiya) — 23,04 km/s — 13,69 km/s.
2. Karla Suares-Navarro (Ispaniya) — 22,48 km/s — 13,56 km/s.
3. Dominika Tsibulkova (Slovakiya) — 21,98 km/s — 13,43 km/s.

Izohlar (0)