Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Jo‘rabek Karimov chorak finalda!

Izohlar: 0

Iste’dodli  tennischimiz Jo‘rabek Karimov Malayziyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida xitoylik sherigi Aoran Vang bilan chorak finalga chiqdi.

Juftlik bahclarining birinchi davrasida  Jo‘rabek Karimov va Aoran Vang yaponiyalik tennischilar Ken Onisi va Ryota Tanumaga qarshi kortga chiqdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda raqib tennischilardan har tomonlama ustun bo‘lgan Jo‘rabek va Aoran tandemi 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Endi ular musobaqaning chorak finalida Xitoy Taypeyi vakillari Ti Chen va Jui-Chen Xung bilan raqobatlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q