Jo‘rabek eng tezkor g‘alaba sohibi
Iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Turkiyada tashkil etilgan "Fyuchers" turkumidagi turnirning saralash bellashuvlarini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Dastlabki bosqichda shveytsariyalik Sevenir Shteyner bilan raqobatlashgan hamyurtimiz raqibini 6:0, 6:0 hisobida mag‘lub etib, eng tezkor g‘alabaga erishdi.

Ikkinchi davrada 19 yoshli tennischimiz Jo‘rabek Karimov rossiyalik Ivan Kalinin bilan raqobatlashadi.


Izohlar (0)