Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

Jo‘rabek rus tennischini taslim qildi

Izohlar: 0

Iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Turkiyada tashkil etilgan "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirning asosiy to‘riga chiqish uchun kurashmoqda.

Dastlabki bosqichda shveytsariyalik Sevenir Shteyner ustidan 6:0, 6:0 hisobida eng tezkor g‘alabaga erishgan o‘zbekistonlik raketka ustasi ikkinchi davrada rossiyalik Ivan Kalinin bilan raqobatlashdi.

Ushbu uchrashuvda ham Jo‘rabek Karimov hujumkor o‘yin ko‘rsatdi va raqibini 6:2, 6:2 hisobida taslim qildi.

Endi hamyurtimiz saralashning so‘nggi uchrashuvida kanadalik Pavel Kraynikka qarshi kortga chiqadi. Agar ushbu bahsda ham Jo‘rabek Karimov zafar quchsa, asosiy to‘r bellashuvlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q