Asosiy mazmunga oʻtish

Xokkey

KXL. "Avtomobilist"dan kambek

Shahzod
Izohlar: 0

Kecha Kontinental Xokkey ligasi muntazam chempionatida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Ekaterinburgning "Avtomobilist" jamoasi o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi. Dastlabki ikki davrani umumiy 1:4 hisobida boy bergan Andrey Martemyanov shogirdlari uchinchi 20 daqiqalikda raqib darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi va overtaymlarda ham gol  kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish joiz, bu "Avtomobolist"ning mavsumdagi ketma-ket o‘ninchi g‘alabasi bo‘ldi.

Quyida shu va boshqa o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishtiramiz.

"Metallurg Magnitogorsk" - "Severstal" (Cherepovets) 2:1

"Avtomobilist" (Ekaterinburg) - "Lokomotiv" (Yaroslavl) 5:4 OT

"Slovan" (Bratislava) - "Spartak" (Moska) 1:4

"Dinamo" (Riga) - "Yokerit" (Xelsinki) 2:1 OT

TsSKA (Moskva) - "Sochi" 2:1 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q