Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Kamola bosh sovrin uchun kurashadi

Izohlar: 0

O‘zbekistonlik iste’dodli tennischi Kamola Umarova Xalqaro tennis federatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi xalqaro tennis turnirining saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qozog‘iston mezbonlik qilayotgan musobaqaning dastlabki bosqichida Kamola Umarova belaruslik Xanna Sokal bilan raqobatlashib raqibasini 6:2, 4:6, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi uchrashuvda Kamola yana bir tennischimiz Yuliya Kimdan 6:3 6:7, 6:2 hisobidan ustun keldi va asosiy to‘rga yo‘llanma oldi.

Ushbu musobaqaning asosiy to‘rida Arina Folts va Albina Xabibullina ham ishtirok etmoqda.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q