Karolina Plishkova ham g‘alaba qozondi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkova g‘alaba qozondi.

Mazkur bosqichda Karolina hamyurti Karolina Muxova bilan Melburn shahrida o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:3, 6:2 hisobida zafar quchdi.

Shu tariqa "Australian Open" musobaqsining ikkinchi davrasida Plishkova amerikalik Medison Brengl yoki yaponiyalik Misaki Doiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!