Kerber Olimpiada finalidagi o‘chini oldi
Birlashgan Arab Amirliklarida tennis malikalari ishtirokidagi mukofot jamg‘armasi 2 365 250 AQSh dollari bo‘lgan "Dubai Duty Free Championships - 2017" musobaqasida chorak finalga chiqqan sportchilar nomi aniq bo‘ldi.
Keskin va murosasiz o‘tgan uchinchi bosqichida germaniyalik Anjelika Kerber Olimpiya o‘yinlari finalida o‘zini enggan Puerto-Riko vakilasi Monika Piug bilan raqobatlashdi.
Ushbu bahsda 6:2, 6:3 hisobida zafar quchgan Anjelika Kerber Riodagi mag‘lubiyat uchun alamini oldi.

To‘liq natijalar bilan tanishing:
Loren Devis (AQSh) — Ekaterina Makarova (Rossiya) 4:6 6:1 6:3
Ana Konyux (Xorvatiya) — Elena Vesnina (Rossiya, 8) 3:6 6:4 7:6
Van Tsyan (Xitoy) — Kristina Mladenovich (Frantsiya) 6:1 6:4
Anastasiya Sevastova (Latviya) — Pen Shuay (Xitoy, WC) 6:4 6:3
Elina Svitolina (Ukraina, 7) — Kristina Makxeyl (AQSh) 4:6 6:4 6:3
Anjelika Kerber (Germaniya, 1) — Monika Puig (Puerto-Riko) 6:2 6:3
Katrin Bellis (AQSh, LD) — Agneshka Radvanska (Polsha, 4) 6:4 2:6 6:2
Karolina Voznyatski (Daniya, 10) — Katerina Bondarenko (Ukraina) 3:6 6:2 6:3


Izohlar (0)