"Klivlend" jar yoqasida
Milliy basketbol assotsiatsiyasida ham bugun pley-off bosqichining bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, "Indiana Peyserz" o‘z maydonida musobaqa g‘olibligiga asosiy da’vogarlardan "Klivlend Kavalerz"ni qabul qildi.
Teng kurashlar ostida kechgan bahs g‘olibini so‘nggi soniyalar aniqlab berdi. Tarozi pallasi teng bo‘lib turgan pallada mezbonlar ishonchli o‘yini bilan 2 ochkolik tafovutni yuzaga keltirib, final signali chalinguncha ushbu ustunlikni saqlab qola olishdi. Ta’kidlash joiz, mehmonlar safida uchrashuv mobaynida 28 ochko jamg‘argan LeBron Jeymsning sa’yi-harakatlari ham jamoasiga yordam bera olmadi, yakuniy hisob – 92:90. Ushbu g‘alabadan keyin "Indiana" "Klivlend"ni 3:1 hisobida dog‘da qoldirmoqda. Keyingi g‘alaba "Peysers"ni navbatdagi bosqichga olib chiqadi.
"Indiana" – "Klivlend" 92:90 (20:31, 20:26, 23:12, 29:21) – seriyalar bo‘yicha hisob 3:1
"Miluoki" – "Boston" 116:92 (27:12, 31:23, 27:32, 31:25) – 1:2
"Vashington" – "Toronto" 122:103 (30:29, 39:32, 32:21, 21:21) – 1:2
Fikrlar