"Kogon" "Paxtakor"dan ustun keldi
Isayev Bekzod
Yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan "Kogon" o‘zi uchun murakkab o‘tgan bahsda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi.
Mini-futbol bo‘yicha Oliy liga jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda. Kunning navbatdagi uchrashuvida Buxoroning “Kogon” jamoasi Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi to‘p surdi.

Qiziqarli kechgan bahs esa buxoroliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Xususan "Kogon" safida gollarga J.Ahmedov, U.Ramazonov, S.Narzullaevlar mualliflik qilgan bo‘lsa, toshkentliklar safida urilgan yagona gol A.Loktionov tomonidan urildi.
Oliy liga
3-tur, 5-kun
21.01.2017
"Kogon" - "Paxtakor" 4:1
Gollar: J.Ahmedov 2, U.Ramazonov 10, 36, S.Narzullaev 39 - A.Loktionov 2


Izohlar (0)