Konor Makgregor - Floyd Meyvezer jangidan matnli translyatsiya | LIVE
AQShning Las-Vegas shahrida UFC chempioni Konor Makgregor hamda engilmas bokschi – 5 vazn toifasida chempion bo‘lgan Floyd Meyvezer boks qoidalari asosida jang qilmoqda.
SPORTS.uz internet axborot portali "T-Mobile Arena" bo‘lib o‘tayotgan super jangdan matnli translyatsiyani e’tiboringizga havola etadi
9.25. Dastlabki uch raundda na Konor Makgregor, na Floyd Meyvezer arenaga yig‘ilgan tomoshabinlarni xursand qila oldi. Ular bir-birini o‘rganishdi,xolos. MMA jangchisi Makgregorning xurmacha qiliqlarini aytmaganda deyarli hech narsa tomosha qilmadik.
9.29. To‘rtinchi raundda Meyvezer ustunlikni qo‘lga olgandek ko‘rindi go‘yo. Lekin MakGregor ham bo‘sh kelmayapti. Ketma-ket zarbalar almashinuvi, ammo kutilmagan kuchli zarbalarni hech qaysi bokschi namoyish qila olmadi.
9.34. Beshinchi raundga Meyvezer bokschi ekanligini esiga tushib qolgandek jang qildi. Tan olish joizki MakGregor mana shu raundga kelganda qaerga kelib qolganini angladi.

9.38 Oltinchi raundda Meyvezer nisbatan aniq va kuchli zarbalar yo‘llashga ega bo‘ldi. Jangda ilk marta Makgregor biroz chekingandek ko‘rindi. Biroq qarshi zarbalar yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
9.39 Oltinchi raundda Meyvezer nisbatan aniq va kuchli zarbalar yo‘llashga ega bo‘ldi. Jangda ilk marta Makgregor biroz chekingandek ko‘rindi. Biroq qarshi zarbalar yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
9.45 Har ikki sportchi ham charchadi. Makgergor ketma-ket zarbalar yo‘llay olmayapti. Meyvezer esa biroz kuchsiz va biroz noaniq zarbalari bilan esda qoldi. Irlandiyalik jangchi xuddi UFCda jang qilayotgandek. Tashabbus oladigan sportchi topilmadi.

9.46 To‘qqizinchi raundga kelib Makgregor qarshilik qila olmayapti. U bir amallab raundni tik tugatish uchun ring bo‘ylab qochib yuribdi. Meyvezer boshqachasiga yo‘l bermayapti. U endi chiroyli tarzda jangni tugatish yo‘lini qidirmoqda.
9.52 O‘ninchi raund. Barchasi tugadi! Maqtanchoq MakGregor taslim etildi. Ketma-ket zarbalar qurshovida qolgan irlandiyalik jangchi texnik nokautga uchradi.
Bu Meyvezerning professional faoliyatida 50-g‘alabasi sifatida tarixga muhrlandi.

Fikrlar