Konor Makgregor endi chempion emas

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC bo‘yicha ikki vazn toifasida jahon chempioni Konor Makgregor ortiq chempion emas. Tashkilot tarqatgan xabarga ko‘ra, irlandiyalik jangchi yarim engil vazndagi kamaridan voz kechgan.

Biroq MMA Fighting ma’lumotiga qaraganda Makgregor UFCning bunday qaror chiqarishiga qarshi chiqqan.

Endi ushbu vaznda vaqtinchalik chempionlik Joze Alduga tegishli bo‘lib turadi. Chempionlik tituli sohibi 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 206 musobaqasida Entoni Pettis va Maks Xollouey o‘rtasidagi jangdan so‘ng aniqlanadi.

Makgregor engil vaznda chempion bo‘lmasidan oldin, UFC ikki kamarning biridan voz kechish kerakligini ma’lum qilgan. Irlandiyalik jangchi titullarni himoya qilishni rejalashtirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!