Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Konor Makgregor jazolandi

Shahobiddin
Izohlar: 0

Irlandiyalik sportchi o‘z aybiga iqror bo‘ldi

Engil vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor 2017 yil kuzida avtomobilda tezlikni oshirganligini tan oldi.

Irlandiyalik jangchi yo‘l harakati qoidalarida belgilangan tezlikka roiya qilmagan. Makgregor avtomobili mahalliy yo‘lda 100 km/soat deb belgilangan joyda tezlikni soatiga 153 kilometrgacha oshirgan.

Makgregor o‘z aybini tan oldi va 1000 evro miqdorida jarima to‘lagan. U shuningdek, olti oy muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi, deya xabar bermoqda BBC nashri.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor so‘nggi jangini 7 oktyabr kuni UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatga uchragan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q