Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

Koreyada Kurash bayrami o‘tkazildi

Izohlar: 0

Mamlakatimizda sportga, xususan, kurashga qaratilayotgan e’bor sabab, polvonlar o‘zbek kurashi tobora ommalashib bormoqda. Xususan, dunyoning turli mintaqalarida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda, “halol”, “chala”, “kurash”, “to‘xta” so‘zlari tobora keng ommalashib bormoqda.

Avval xabar berib o‘tganimizdek, Janubiy Koreyaning Incheon shahrida kurash bo‘yicha Koreya birinchiligi bahslari o‘tkazildi. E’tiborlisi, ushbu musobaqa juda keng doirada o‘tkazilib, ushbu turnirni mamlakatning ikkita telekanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatdi.

Ushbu musobaqadan so‘ng esa, vakillarimiz va koreyaliklar o‘rtasida xalqaro ochiq turnir tashkillashtirilib, Koreya vakillari va hamyurtlarimiz o‘rtasida jamoaviy bahslarda ishtirok etib, Suhrob Xudoyberdiev, Shahram Ahadov va Ruslan Bo‘rievlar oltin medalni qo‘lga kiritishdi va murabbiy Elmurod Soatov boshchiligida shohsupaning yuqori pog‘onasidan o‘rin egallashdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q