Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Kumarning Sanjarga kuchi etmadi

Izohlar: 0

Qozog‘iston mezbonlik qilayotgant  "Chellenjer" turkumiga kiruvchi  "Capital Cup - 2016" xalqaro turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Fayziev ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 

Tajribali tennischimiz dastlabki uchrashuvini Hindiston vakili Sasi Kumar Mukundga qarshi o‘tkazdi. Bu bahs ham ancha qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. Unda mahorat va tajriba bobida raqibidan ustun bo‘lgan Sanjar 6:4, 6:4 hisobida g‘olib chiqdi. 

Endi Sanjar keyingi davrada birinchi raqamda saralangan yaponiyalik Yoshixito Nishiokaga ro‘baro‘ bo‘ladi.  

SPORTS.uz
 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q