Asosiy mazmunga oʻtish
Osiyo O'yinlar

Kurash: 3 vaznda 6 nafar kurashchimiz yarim finalda

Bahodir Hasanov
Izohlar: 0

Barchasi ijobiy yakun topsa, o‘zbekcha finallarni tomosha qilishimiz mumkin.

Osiyo o‘yinlarining bugungi kungi bahslari kurashchilarimiz uchun omadli o‘tmoqda. 

Xususan, bugungi kun bellashuvlarida bahslarga kirishgan polvonlarimizning barchasi Osiyo o‘yinlarining yarim final bosqichi masalasini hal qilishdi.

Quyida sportchilarimizning final oldidan gilamga ko‘tariluvchi raqiblari bilan tanishingiz mumkin:

-66kg: Ruslan Bo‘riev - Xaocheng Chang (Xitoy Taypeyi)
-66kg: Ma’ruf G‘aybulloev - Ganbarali Ganbari (Eron)

+90kg: Muhsin Hisomiddinov - Mansur Sarvari (Afg‘oniston)
+90kg: Nurbek To‘raev - Jafar Pahlavonijaghar (Eron)

-52kg: Gulnor Sulaymonova - Malaprabha Yadhav (Hindiston)
-52kg: Oysuluv Abdumajidova - Pinski Balhara (Hindiston)

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q