Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Laylo ustunligini isbotladi

Izohlar: 0

Qozog‘istonda qizlar o‘rtasida davom etayotgan xalqaro turnirda ikkinchi raqamda saralangan hamyurtimiz Laylo Bahodirova musobaqani ishonchli g‘alaba bilan boshladi. 

Birinchi davrada mezbon tennischi Karina Rizvanova bilan kuch sinashgan hamyurtimiz raqibisini qiyinchiliksiz 6:3. 6:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi davrada rossiyalik Eva Garkusha bilan bellashadigan bo‘ldi. 

Musobaqada qatnashayotgan tennischilarimizdan yana biri - Milana Maslenkova qozog‘istonlik Darya Elfimovani 6:1, 6:1 hisobida taslim qildi. 

Musobaqa davom etmoqda. 

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q