Lebedev MMA jangchisi bilan urushishga tayyor

  • 10.09.2017 21:05
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Birinchi og‘ir vazn toifasida Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Denis Lebedev MMA jangchisi braziliyalik Fabio Maldonado bilan jang qilishga tayyor va undan to‘qnashuv bo‘yicha taklif kutmoqda. Bu haqda Lebedevning menejeri Vadim Kornilov ma’lum qilgan.

– Maldonado boksda ham yaxshigina tajribaga ega jangchi sifatida tanildi, –  deydi Kornilov. – Denis har qanday raqib bilan ringga chiqishga tayyor. U jahon chempioni xohlovchilar undan bu kamarni olishni istaydi. Shuning uchun biz bunga qiziqish bildirayotgan Maldonado jamoasidan taklifni qabul qilgan bo‘lardik.

Avvalroq MMA jangchisi Maldonado Lebedev bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishni xohlayotganini ma’lum qilgan edi.

Maldonadoni Rossiyada yaxshi tanishadi. U 2016 yili iyunda Fedor Emelyanenkoga qarshi jang qilib, ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!