MMA jangchisi bokschi Denis Lebedevni jangga chaqirmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik MMA jangchisi Fabio Maldonado Fight Nights Global 73 musobaqasi doirasida Kurban Omarovni mag‘lub etdi. Jang Dog‘istonda bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng u boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA, IBF versiya bo‘yicha jahon chempioni rossiyalik Denis Lebedevni ringga chaqirmoqda.

Mening boksdagi natijam 25 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, – deya Maldonadoning so‘zlarini keltiradi Sportbox nashri. – O‘ylaymanki, biz Denis Lebedev bilan titul uchun bahslasha olamiz.

Eslatib o‘tamiz, Maldonado boks va MMAda birday faoliyat olib bormoqda. U boksdagi so‘nggi jangini 2016 yilda o‘tkazgan. Lebedev esa birinchi og‘ir vazn toifasida WBA (Super) kamariga egalik qilmoqda. U so‘nggi jangda avstraliyalik Mark Flenaganni mag‘lub qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!