Madriddan Toshkentga xushxabar keldi
Ispaniyaning Madrid shahrida dunyoning eng kuchli raketka ustalari ishtirokida mukofot jamg‘armasi 5 813 577 AQSh dollari bo‘lgan "Mutua Madrid Open - 2017" xalqaro turniri boshlandi.
Ushbu musobaqadagi ishtirokini saralash turniridan boshlagan mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bir necha oy davom etgan mag‘lubiyatlar seriyasidan so‘ng yana g‘alaba qozona boshladi.
Denis Istomin joriy mavsumdagi so‘nggi g‘alabasiga fevralda vengriyalik Marton Fuksovich bilan o‘yinda erishgan edi. Keyin jarohati bezovta qilgan hamyurtimiz qatorasiga to‘rtta turnirni birinchi uchrashuvdan so‘ng tark ertdi.
Sekina-asta sport formasini tiklab olayotgan Denis "Mutua Madrid Open - 2017" turniri saralashidagi dastlabki uchrashuvini mezbon tennischi Indigo Servantesga qarshi o‘tkazdi. Raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, Denis Istomin bellashuvda 7:6, 6:3 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.
Denis Istomin asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Izohlar (0)