Mahmud Muradov bugun navbatdagi jangini o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMAda muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotgan Mahmud Muradov bugun 2018 yildagi so‘nggi jangini o‘tkazadi.

Mazkur to‘qnashuv Chexiyaning Praga shahridagi “O2” arenasida bo‘lib o‘tadi va unga bu jangda polshalik Grjegorj Sivi raqiblik qiladi.

Mahmud Muradov so‘nggi marta 7 oktyabr kuni Plzen shahrida “X Fight Nights 12” turniri doirasida ringga chiqib, bolgariyalik Deyan Topalskini (16−6) nokautga uchratgan edi.

Sivi professional janglarda 13 marta ringga chiqib, 10 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat qayd etgan. So‘nggi marta u shu yilning iyun oyida ringga ko‘tarilgan va zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyun kuni bo‘lgan braziliyalik Devid Ramiresga qarshi revansh jangidan so‘ng Mahmud “XFN” versiyasi bo‘yicha chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!