Maks Xollouey "UFC 231"da qancha ishladi

Torontoda o‘tgan "UFC 231" musobaqasida ishtirok etgan sportchilarga berilgan mukofot puli haqida xabar tarqaldi.

Musobaqaning eng ko‘p mukofot puli yarim engil vazn chempioni Maks Xolloueyga tegishli bo‘ldi. U raqibi  Brayan Ortegani texnik nokautga uchratgan holad g‘olib bo‘lgani uchun  490 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritdi (bu mukofot puli g‘olib bo‘lgani va musobaqada ishtirok etgani uchun berildi).

Mazkur jangda mag‘lub bo‘lgan Ortega 330 ming AQSh dollar mukofot pulini oldi.

otsport unversal global 

Mukofot pulini olish bo‘yicha uchinch pog‘onani braziliyalik Tiago Santosa egalladi. U jami 172 ming AQSh dollarni o‘zi bilan olib ketdi.

UFC'ning yangi chempioni Valentina Shevchenko va unga davogarlik qilayotgan Yoanna Endjeychik esa 130 ming AQSh dollari bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!