Malibuda g‘oyib bo‘lgan yigit

  • 22 yanvar, 2019, 23:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

22 yanvar kuni sport nashrlari uchun asosiy xabar bu argentinalik hujumchi Emiliano Salaning yo‘qolgani haqidaga xabar bo‘ldi. Bundan bir necha kun oldin u APL jamoasi bilan shartnoma imzolagan futbolchi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish uchun borgan edi, ammo u qaytmadi...

Tecno

Salaning birinchi professional jamoasi Frantsiyaning "Bordo" klubi bo‘lgan edi. U 2012 yilda jirodinliklar akademiyasini tamomlagan edi. Ammo Emiliano u erda asosiy tarkibga kira olmaydi va ijaraga berib yuboriladi. 2015 yilda esa 11 mln evro evaziga "Nant"ga ko‘chib o‘tadi.

Yangi jamoasida esa Sala asosiy yulduzga va muxlislarning kumiriga aylandi. Qahramonimiz joriy yilgi mavsumda Frantsiya chempionatida 19 uchrashuvda 12 ta to‘p kiritishga erishdi va to‘purarlar poygasida "Lill" a’zosi Pepe va PSJ triosidan ortda qolayotgan edi. Shunday futbolchi uchun esa "Kardiff" o‘zi uchun rekord darajadagi pulni - 17 mln evro to‘lagan edi.

19 yanvar kuni Sala "Kardiff" bilan shartnoma imzoladi, klub kanali uchun  intervyu berdi va "Nant"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashish uchun Frantsiyaga qaytib ketadi. Uchrashuv so‘nggida esa "Nant"dagi qadrdonlari bilan shunday suratga tushgan edi.

6a74dabae7b5f1cb7320f6878adac75d-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

Salani "Nant" himoyachisi Nikolya Pallua aeroportga kuzatib qo‘yadi. 20minutes.fr sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, argentinalik futbolchi Nantga kelishi qiyin bo‘lgani va safar xavfsizligidan  havotirda ekanligini aytgan.

cd6170c444f5b8a80070b092c776cd20-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

Dushanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:15 da samolyot Frantsiyadan Uels tomon yo‘lga chiqdi, biroq oradan bir soat o‘tib havo kemasi La-Mansh bo‘g‘ozining Gernsi  orollari mintaqasida radarlardan g‘oyib bo‘ldi. Aytilishicha, uchuvchi 700 metr balandlikda ketayotgan vaqtda Gernsi aeroportiga qo‘nishni so‘raganidan so‘ng aloqa uzilgan. Samolyot bortida ikki kishi - uchuvchi va futbolchi bo‘lgan.

Bu u qadar katta bo‘lmagan shaxsiy samolyot bo‘lgan. 1979 yildan buyon ishlab chiqariladigan samolyotning nomi Piper-Malibu bo‘lgan va uning narxi 1,5-3 mln dollarni tashkil etadi.

f072df1933faa0b10d6d39e195eee2c8-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

Qidiruv ishlari kech soat 02:00 ga qadar olib borilgan, ammo kuchli shamol ko‘rish qobiliyatini pasaytirgani bois tongga qadar qidiruv ishlari to‘xtatilgan. Bugun qidiruv-qutqaruv haraktlari davom ettirildi, ammo natija bo‘lmayapti. Tabiat injiqliklari bunga sabab bo‘lmoqda.

5dbd457f8ff6fae1c4abbac7dddf212a-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

"Ushbu samolyot kuzatuvdan yo‘qolganida eng yaqin orolga 24 kilometr qolgan edi. Ular uchgan balandlikda esa samolyot uzog‘i 3-4 km ucha oladi. Menimcha ularning hayot ekanligini umid qilmasa ham bo‘laveradi", - dedi qidiruv-qutqaruv xizmati raxbari Djon Fittsdjerald.

Argentinaning Channel5 telekanali muxbirlari esa futbolchining otasi bilan jonli efirga chiqishdi. Otasi hech narsani bilmasligini va hech kim unga "Nant"dan aloqaga chiqishmaganini aytgan.

"Nant" prezidenti esa tongda mashg‘ulotlar va "Antant"ga qarshi kubok o‘yini bekor qilinganligini ma’lum qilgan. Bu Frantsiya futbol federatsiyasi bilan kelishilgan holda amalga oshirilgan.

O‘z navbatida "Kardiff" ham mashg‘ulotlarni bekor qilganligini e’lon qildi.

"Biz samolyot g‘oyib bo‘lganligini eshitib, shokka tushdik. Biz Emilianoni kecha oqshom Kardiffda kutdik. U jamoa bilan dastlabki mashg‘ulotlarni boshlashi kerak edi. Tongda esa mashg‘ulotlarni bekor qildk. Hozirda barcha futbolchilar va murabbiylarning hayoli Emiliano va uchuvchida.

Futbolchilar, muxlislar esa ijtimoiy tarmoqlarda uning uchun maxsus xeshteglar qo‘yishgan.

fa0063ddea5db148f31ed9ad8d521523-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_700Xh_700

"Nant" esa muxlislarni bugun oqshom qirollik maydonidagi fontanlar oldiga sariq lolalar bilan kelishni so‘ragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!