Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Mariya Sharapovani hafa qilishdi

Izohlar: 0
Xalqaro tennis federatsiyasi mashhur rossiyalik tennischi Mariya Sharapovaning Sankt-Peterburgdagi ko‘rgazmali uchrashuvlarda qatnashishiga ruxsat bermadi.
Bu haqida "St. Petersburg Ladies Trophy" turnirining direktori Aleksandr Medvedev xabar qildi.
- Afsuski, Xalqaro tennis federatsiyasi Mariya Sharapovaning Sankt-Peterburgdagi ko‘rgazmali uchrashuvda qatnashishini taqiqladi, - dedi Aleksandr Medvedev. - Mariya professionallardan tashqari, havaskor tennischilar bilan ham o‘ynal olmaydi. Mariyani "St. Petersburg Ladies Trophy" turniriga taklif etish eng zo‘r fikr edi.
 
Ushbu turnir 30 yanvar kuni boshlanishi va unda Mariya Sharapova ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Mariya Sharapova esa doping mojarolari tufayli tennisdan chetlatilgan bo‘lib, 2017 yilning 26 aprel kuni kortga qaytishi mumkin.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q