Marrey ritsarlik unvoniga da’vogar
Britaniyalik tennischi Endi Marrey ritsarlik unvonini olishga nomzod sifatida taqdim etildi. Buyuk Britaniyada olimpiya chempionlarining barchasi turli darajadagi unvonlar bilan taqdirlanishi an’anaga aylangan.
Yil yakunlariga ko‘ra, Endi Marrey ritsarlik unvoni bilan taqdirlanadi. Mohir tennischi ketma-ket ikki marotaba Olimpiya o‘yinlarida yakkalik bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ikki bor "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida bosh sovringa ega chiqdi.
Jahonning birinchi raqamli tennischisiga aylangan Endi Marreyni Telegraph Sport gazetasi Buyuk Britaniya tarixidagi eng zo‘r sportchi, deb e’lon qilgan.


Izohlar (0)