Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Marrey ritsarlik unvoniga da’vogar

Izohlar: 0
Britaniyalik tennischi Endi Marrey ritsarlik unvonini olishga nomzod sifatida taqdim etildi. Buyuk Britaniyada olimpiya chempionlarining barchasi turli darajadagi unvonlar bilan taqdirlanishi an’anaga aylangan.
Yil yakunlariga ko‘ra, Endi Marrey ritsarlik unvoni bilan taqdirlanadi. Mohir tennischi ketma-ket ikki marotaba Olimpiya o‘yinlarida yakkalik bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ikki bor "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirida  bosh sovringa ega chiqdi.
Jahonning birinchi raqamli tennischisiga aylangan Endi Marreyni Telegraph Sport gazetasi Buyuk Britaniya tarixidagi eng zo‘r sportchi, deb e’lon qilgan.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q