Marreyning izdoshlari Temurga bas kelolmadi
Gretsiyada tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida boshlangan "Fyuchers" turnirida Temur Ismoilov ajoyib natijalarni qayd etmoqda.
Asosiy to‘rning dastlabki bosqichida o‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov Buyuk Britaniya vakili Kilan Okley bilan kuch sinashgan edi. O‘sha uchrashuvda evropalik tennischi birinchi geymni bir daqiqada boy berib, uchraguvni davom ettirmagan edi.
Buni qarangki, Temur ikkinchi uchrashuvni ham britaniyalik tennischi - Neyl Pauffleyga qarshi o‘tkazdi. Birinchi setda hamyurtimizga 4:6 hisobida yutqazgan raqib, ikkinchi setda 0:2 hisobida ortda qolib, o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi.
Temurga qarshi ikki uchrashuvda britaniyaliklar uchrashuvni oxiriga etkaza olmadi.
O‘zbekistonlik raketka ustasi chorak finalda chililik Marselo Tomas Barriosga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar