Mashhur bokschilar Farg‘onada mahorat saboqlari o‘tkazdi
Mamlakatimizda sportning aholi ayniqsa bolalar o‘rtasida yanada ommalashtirish va ular orasidan iqtidorli yoshlarni saralab olish bo‘yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida navqiron avlod o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan boks turini yanada ommalashtirish, ularning yozgi ta’til vaqtini unumli o‘tkazish maqsadida Marg‘ilon shahar 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilariga mazkur sport turi bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazildi.

Mahorat saboqlarini ko‘p karra mamlakatimiz chempioni Farhod Normatov va 2015 yili Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib, o‘sha yili Rossiyada o‘tgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori Yahyobek Satdxonov o‘tkazdi.
– Biz ham ushbu maktab tarbiyalanuvchilarimiz, – deydi Yahyobek. Yoshlikdagi bilim va tarbiya bir umr yodda qoladi. Biz ham bolalik vaqtlarimizda ko‘plab mahorat saboqlarida ishtirok etardik. Mana hozir esa yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqdamiz. Ishonamanki, bu bolalar o‘rtasida ham yangi chempionlar kamol topadi.

Izohlar (0)