Mayamidagi sovrin Britaniyaga ketdi
AQShning Mayami shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi "Miami Open - 2017" xalqaro turnirida bosh sovrin uchun daniyalik Karolina Voznyatski va britaniyalik Yoxanna Konta o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuvda britaniyalik tennischi 6:4, 6:3 hisobida zafar quchdi.
- Karolina kabi kuchli tennischilarga qarshi doimo shiddat bilan o‘ynash kerakligini bilardim va uchrashuvda shunday qildim, - dedi Yoxanna Konta. - Meni maqsadim "Katta dubulg‘a" turnirlarida yutish va jahonning birinchi raqamli raketkasiga aylanishdan iborat.

Yoxanna Konta faoliyati davomida jami uchta turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.


Izohlar (0)