Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Menni Pakyao AQShda ringga chiqmaydigan bo‘ldi

Izohlar: 0

Top Rank promouterlik kompaniyasi boshlig‘i Bob Arum so‘zlariga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamari sohibi 38 yoshli filippinlik Menni Pakyao (59-6-2, 38KO) o‘zining navbatdagi jangini AQShda o‘tkazmaydi.

Ayni damda Arum jang uchun joy qidirmoqda. Hozirda jang Angliya, Avstraliya, Meksika yoki Yaqin Sharqda bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, Arum mazkur jangda kim raqib bo‘lishi haqidagi savolga ham javob berib o‘tdi. Unga ko‘ra, Terens Krouford yarim yil davomida ringga chiqa olmasligi mumkin. Sababi Krouford 53 kunga qamoqxonaga hakm qilinishi kutilmoqda.

Shunga ko‘ra, boks olamida unchalik mashg‘ur bo‘lmagan 28 yoshli avstraliyalik Jeff Xorn (16-0-1, 11KO) Pakyaoning navbatdagi raqibi bo‘lishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q