Meyvezer va Makgergor engil boks qo‘lqoplarida ringga chiqishadi

  • 17.08.2017 10:44
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nevada shtati atletik komissiyasi irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va amerikalik bokschi  Floyd Meyvezer o‘rtasidagi qarama-qarshilk boks qoidalariga ko‘ra bo‘lishini hamda mazkur to‘qnashuvda sportchilar engil boks qo‘lqoplarida ringga chiqishini ma’lum qildi, deya xabar beradi UFC rasmiy sayti.

26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘ladigan jangda sportchilari 69,85 kggacha bo‘lgan vaznda ringga ko‘tariladilar. Unda Makgregor va Meyvezer 8 untsiya (238,4 gramm) og‘irlikka ega bo‘lgan qo‘lqoplarni qo‘llariga taqishadi. Odatda bokschilari ringga 10 untsiya (298 gramm) og‘irlikka ega qo‘lqoplar bilan urushadi. Jangni Robert Berd boshqarib boradi.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlarning chorshanba kungi uchrashuvidan so‘ng yuqoridagi o‘zgarishlar qabul qilingan. Meyvezer ushbu jangdan 300 mln dollar kutayotgan bo‘lsa, Konor 100 mln dollar umid qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!