Asosiy mazmunga oʻtish
Yakkakurashlar

Mezbonlar oltin medaldan quruq qoldi

Izohlar: 0

Namanganda 2002-2003 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamda mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi zaxirasini shakllantirish va iste’dodli sportchilarni saralab olish maqsadida o‘tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan iste’dodli dzyudochilar qatnashgan musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvlarida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan samarqandlik Xurshidbek Choriev, Mardon Ravshanov, Bobur Halimov, Muhammadjon Xursanov, xorazmlik Artur Vafoev, Otabek Dushamov, Ruslanbek Otaxonov, andijonlik Fayzullo O‘rinboev, buxorolik Jamshid Ismatov, poytaxtlik Islombek Ravshanqulov shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Qizlar musobaqasida barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan qashqadaryolik Muhayyo Ahmatova, andijonlik Naima Otajonova, Madina Akramova, Toshkent viloyatidan Charos Sayfullaeva, Ismigul Kuyulova, xorazmlik Halima Qurbonova, poytaxtlik Feruza Usmonova, navoiylik Ravza Adasheva, farg‘onalik Pokiza Kamoliddinova O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

O‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi musobaqada mezbon dzyudochilarning birortasi chempionlik unvonini qo‘lga kirita olmadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q