Milana mavqeiga yarasha o‘ynamoqda
Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirning qizlar musobaqasida hamyurtimiz Milana Maslenkova g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda.
Yakkaliklar o‘rtasida birinchi raqamda saralangan o‘zbekistonlik tennischi qozog‘istonlik Milana Ahmatovani 6:1, 6:2 va rossiyalik Arina Dobrigina 6:1, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Juftlik bellashuvlarida qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenko bilan birga birinchi raqamli duetni tashkil qilgan Milana Maslenkova ketma-ket ikkita g‘alaba bilan yarim finalga chiqdi.
Izohlar (0)