Million dollarlik turnirda qizlar qizg‘in kurashmoqda
Avstraliyaning Brisben shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha mukofot jamg‘armasi bir million AQSh dollari bo‘lgan nufuzli turnir ishtirokchilari chorak final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.
Musobaqaning eng keskin va murosasiz uchrashuvi ikkinchi raqamda saralangan Slovakiya vakilasi Dominika Tsibulkova hamda xitoylik Chjan Shuay o‘rtasida bo‘ldi. Unda raqibasining jiddiy qarshiligini enga olgan Daminika Tsibulkova 2:6, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Qolgan natijalar bilan tanishing:
Karolina Plishkova (Chexiya, 3) — Oysha Muhammad (AQSh, Q) 6:1 6:4
Alize Korne (Frantsiya) — Kristina Makxeyl (AQSh) 6:2 6:1
Elina Svitolina (Ukraina, 6) — Shelbi Rodjers (AQSh) 7:5 2:6 7:5
Garbine Mugurusa (Ispaniya, 4) — Darya Kasatkina (Rossiya) 7:5 3:6 7:6
Svetlana Kuznetsova (Rossiya, 5) — Destani Ayava (Avstraliya, Q) 6:4 6:3

Izohlar (0)