Mirko "Krokop"ning jangi bekor qilindi
«Bellator» jangchisi Mirko “Krokop” Filipovich Roy Nelsonga qarshi jang oldidan mashg‘ulotlar davomida jarohat oldi.
Mashg‘ulotda Mirko tizzasida og‘riq his etib, mutaxssislar ko‘rigidan o‘tishga majbur bo‘ldi. Ertasi kuni Filipovichning tizzasidan jarohlik amaliyoti o‘tqazilgan.
43 yoshli jangchi ishtimoiy tarmoqlarda raqibi Nelsondan uzr so‘radi. Mutaxassislarning fikricha “Kro Kop” 4-6 oy davomida tiklanishi mumkin.
Maxlumot uchun, Mirko Londonda «Bellator 200» doirasida Roy Nelsonga qarshi jang qilishni rejalashtirayotgandi.

Fikrlar