Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Monika Pyuig raqibini jarohatladi

Zohir2018
Izohlar: 0

Monika Pyuig bosh sovrinni ko‘zlamoqda

Kanadaning Kvebek shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqada ikkinchi davra bahslari davom etmoqda.

Unda puertorikolik tennischi Monika Pyuig "Coupe Banque Nationale" turnirining chorak finaliga chiqish uchun ameriklik Medison Brenglga qarshi kortga chiqdi.

Mazkur uchrashuvda hisob 5:7, 0:3 bo‘lib turgan vaziyatda Brenglning eski jarohati qo‘zg‘ab qoldi va o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi

Shu tariqa g‘alaba qozongan Pyuig yarim final yo‘llanmasi uchun yana bir amerikalik Sofiya Kenin, yoki mezbon tennischi Fransuaza Abanda bilan raqobatlashadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q