Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Muhim o‘yinlarda kim kuchli? Messi yoki Ronaldu

Bekzod Isayev
Izohlar: 0

Ronaldu va Messi dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga harakat qilmoqda. Afsuski ulardan faqat biri Chempionlar Ligasi yarim finaliga yo‘l oldi.

Umuman olganda, muhim o‘yinlada kim o‘zini ko‘proq ko‘rsatmoqda? Statistika Ronaldu foydasiga ishlamoqda. Katta o‘yinlarda u o‘zini ko‘rsatmoqda. Messi esa bu borada biroz «oqsagandek»

Ronaldu

Ikki o‘yinchi ham «gol mashina»ga aylanib oldi. Himoyachilar va darvozabonlar futbolchi zarba berishga chog‘langanda har qancha urinmasin, kuzatishdan boshqa iloji qolmaydi. Juftlikdagi ikki futbolchining o‘zgacha uslubi, turlicha xarakteri mavjud.

Ronaldu haqiqiy sportchi. Gavda tuzilishidan futboldan boshqa sport turlarida ham o‘zini ko‘rsata oladigandek. Havodagi kurash, raqiblar bilan elkama-elka kurashda anchagina ustun. U penaltidan, jarima to‘pidan, uzoq va yaqin masofadan gollar ura oladi.

Messi

Messi Ronaldudan bo‘y va jismoniy baquvvatlik jihatdan yutqizib qo‘yadi. Ammo tezlik va jarayonda to‘p bilan muomala qilishda zudlik bilan yo‘nalishini o‘zgartira olishi yutuqli jihati. Dribling, yaratuvchanlik, golni sezish unda juda maqtaladigan jihatlardan. U futbol «afsungar»i.

Ammo kim bu borada kuchli?

Maqolamizda mavzu qilib keltirilgan savolga qaytsak.

Futbol eksperti, «Eurosport» nashri muharriri «Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida shunday izoh qoldiradi:

«Messi muhim musobaqalardagi o‘yinlarda Ronaldudan ancha zaif»

Rostdan ham shundaymi?

Statistika buni tasdiqlaydimi?

Messi so‘ngi bor chorak finalda 2015-yilda gol urgan edi. Esingizda bo‘lsa, o‘shanda Messi «Bavariya» darvozasiga dubl qayd etgan edi. Undan keyingi Chempionlar Ligasi baxslarida Messi bu turnirning chorak final va undan keyingi bosqichlarida gol ura olgani yo‘q.

Ronaldu esa Messi «Bavariya» ga gol urgan yildan bugungi kungacha chorak finallarda 11ta, yarim finalda 3ta va finalda 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mavsumda Messi 2ta golli vaziyat yaratib o‘z sheriklarini to‘p bilan ta’minladi. 6 bor o‘zi gol urdi. Argentinalik hujumchi bu natijani 10ta o‘yinda ko‘rsatdi. Mantiqan o‘ylasak u har 97 minutda gol urgan yoki gol urgan bo‘lib chiqmoqda.

Messining bu natijasi Evropa futboli uchun ajoib hol. Ammo Ronalduga qiyoslaganda…

Ronaldu Chempionlar Ligasida 3 bor golli pas berishga va 10ta uchrashuvda 15 bor raqib darvozabonini «ranjitish»ga muvaffaq bo‘ldi. Ya’ni u har 50 daqiqada golga sababchi bo‘ldi.

Bu borada Ronaldu Messidan ikki barobar foydaliroq o‘yin ko‘rsatdi.

Aynan kerakli vaqtlarda gol urgani ham Ronalduning tarozidagi pallasining ko‘proq tosh bosishiga sabab bo‘lmoqda.

Ronaldu qirol!

«Yuventus» ga qarshi harakat qilgan birinchi o‘yinda Turin shahrida Ronaldu dublga erishdi. Bu esa Italiya klubini anchagina shoshirib qo‘ydi. Ronalduning chalqanchasiga bergan zarbasini yillar eslab yuramiz hali.

Javob o‘yinida butunlay o‘zga kayfiyatda maydonga tushgan «Yuve» nimalar qilganini ko‘rdingiz. Hali ham muhokamalarga sabab bo‘layotgan penaltini aniq amalga oshirgan Ronaldu jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. Penalti belgilanishidan oldin ham to‘pni aynan Ronaldu oshirganini ham esingizdan chiqarmang.

Messichi?

Messi esa kerakli vaziyatda «Barselona»ni yolg‘izlatib qo‘ydi. Yo‘qolib qoldi.

Chempionlar Ligasining birinchi o‘yini «Roma» 4-1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda Messini maqtay olmaymiz. Bu o‘yinda «Roma» futbolchilari o‘z darvozasiga dubl qayd etdi. To‘p shunchaki tegib emas, himoyachilarning aniq zarbasi orqali darvozadan o‘rin egalladi. Javob o‘yinida italiyaliklarga o‘rnak bo‘ladigan o‘yin ko‘rsatishdi.

O‘sha o‘yinda ham Messi shunchaki yugurdi, to‘p uchun kurashdi, biroq etakchidek biz bilgan Messidek o‘zgalardan ajralib tura olmadi. Agar Messi o‘yin tizginini qo‘liga ola olganda «Roma» kambek qilishni eplay olarmidi, bu savol javobsiz endi… Ayniqsa, 86-daqiqada «oltin» imkoniyatdan foydalana olmagan Messi jamoasining «najot farishtasi»ga aylana olmadi. «Barsa» va Messi yarim final armoni bilan qoldi.

Messi hozirda Ispaniya chempionatida yaqqol to‘purar bo‘lib turibdi. Unga etishish juda ham qiyin. Ronaldu esa Chempionlar Ligasida tengsiz to‘purar.

Angliya, Italiya, Frantsiyada doim to‘purarlar bo‘ladi. Ular ko‘pincha turli yillarda turli futbolchilar nomlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Dunyo darajasiga chiqish uchun o‘z chempionatingdan tashqari evro kuboklarda ham jamoangni etaklay olishing sening qanday o‘yinchi ekaningni bildiradi. Messidek futbolchi uchun chempionatdagi to‘purarlik shon shuhrat keltirmaydi.

Messi va Ronaldu bahsi Jahon Chempionatidan keyin yana muhokama qilinadi. O‘shanda ham argentinalik Portugaliya sardoridan ustun kela olmasa, «qo‘sh qirollik» futbol maydonida bir tomonga ustunlikni berganidan dalolat beradi.

Erkin G‘aybullaev

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q