
Nadal faoliyatini qachon yakunlaydi?
"Bu hayotning, sportchilik faoliyatining bir qismi. Hamma narsani boshi va intihosi bor. Biz bugun tennis o‘ynamoqdamiz, ammo ertaga faoliyatimizni yakunlashimiz mumkin. Xuddi Pitt Sampras, Jon Makinroy va Jimmi Konnors singari.
Sport bir joyda turmaydi. Bizga yaxshi yoshlar kerak, xuddi biz singari tennis rivojini davom ettiradigan yangi avlod kerak", - dedi Nadal.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli raketka ustasi 17 marta "katta dubulg‘a" turkumidagi musobaqalarda g‘olib chiqqan va juftlik bellashuvlarida olimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar