Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Nadal «US Open» finaliga chiqdi

Izohlar: 0

Toshkent vaqti bilan bugun tongda «katta» dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan so‘nggi turnir – AQSh ochiq chempionatida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Yarim finalning ilk o‘yinida JAR vakili Kevin Anderson ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahs olib bordi. 2 soat 55 daqiqa davom etgan bellashuvda afrikalik tennischi 4:6, 7:5, 6:3, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va ilk finalchiga aylandi.

Ispaniyalik mashhur raketka ustasi Rafael Nadal esa final uchun bahsda argentinalik Xuan Martin del Potrodan 4:6, 6:0, 6:3, 6:2 hisobida ustun keldi.

Endi finalda Nadal Anderson bilan bahs yuritadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q