Namanganda biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi
Bugungi kunga qadar biatlon o‘z jozibasi bilan to‘rt yilliklar turniri - Olimpiya musobaqalarini bezab keladi. O‘zbekistonda ham biatlon bilan shug‘ullanuvchilar soni yildan yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, Toshkent viloyatidagi J.Manguberdi sport majmuasi bir necha bor yozgi biatlon bo‘yicha qit’a chempionati, kubogiga mezbonlik qilgan. Iqtidorli sportchilarimiz hatto, rollerli biatlon bo‘yicha ham jahon chempionatlarida qatnashib kelishmoqda.
1960 yil qishki Olimpiadada biatlon Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan.
– Biz bir paytda biatlonni barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishga harakat qilayapmiz. Ma’lum bir masofani chang‘ida bosib o‘tadimi, yuguribmi, yoki rollerdami barchasida sportchidan jismoniy chiniqish, ruhiy ko‘nikma, mahorat, eng muhimi nishonni mo‘ljalga olishda aniqlik talab etiladi. Xabaringiz bor, Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tkazilayotgan XII Paralimpiya o‘yinlarida chang‘i poygasi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini Yoqutxon Xolbekova himoya qilmoqda. U biatlon bo‘yicha bir necha karra O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Bugun Namanganda start olgan yozgi biatlon bo‘yicha O‘zbekiston kubogi ham eng sara sportchilarimizni aniqlab olish, Yoqutxon Xolbekova singari atletlarimizni kashf etilishiga imkon yaratadi, – deydi Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi bosh direktori Sh.Mo‘minjonov.
Musobaqalar 17 martga qadar davom etadi.
Izohlar (0)