“Nasaf”ning bo‘lajak raqibi “Al Xidd” haqida 10 ta fakt

  • 6 yanvar, 2017, 14:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

31 yanvar kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OChL saralashida Bahraynning “Al Xidd” jamoasini Toshkentdagi  “Bunyodkor” stadionida qabul qiladi. Biz esa qarshiliklarning bo‘lajak raqibi bilan tanishtiramiz.

Tecno

1. “Al Xidd” jamoasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lsada, jamoa faqatgina o‘tgan mavsumda mamlakat chempioni bo‘lishga erishdi;

2. “Nasaf”ning bo‘lajak raqibi 1970 va 2010 yillarda mamlakat ikkinchi divizionida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan;

3. “Al Xidd” o‘z uy uchrashuvlarini Manama shahridagi “Madinat 'Isa Stadium”da o‘tkazib keladi;

4. O‘tgan mavsumni jamoani Salmon Sharida boshqarib, mavsumni “oltin trebl” bilan yakunlashga erishdi;

5. “Al Xidd” ikkinchi bor o‘z omadini OChLda sinab ko‘radi. Bunga qadar jamoa asosan OFK kubogida o‘ynab kelgan edi va 2014 yil klub ushbu musobaqada chorak finalgacha borgan bo‘lsa, keyingi mavum turnirdagi yurishini guruh bosqichidayoq yakunlagan;

6. Jamoa o‘tgan mavsumni a’lo darajada o‘tkazib, chempionatdagi barcha 18 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishga erishdi;

Nasaf

7. “Nasaf”ni oldinda kutib turgan mazkur raqibning eng xavfli futbolchisi - Muhammad Sa’d Ar-Rumaihiy. U o‘tgan mavsum 18 o‘yinda 17 ta gol kiritib, Bahrayn chempionatining eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lgan edi;

8. Jamoani Salmon Sharida boshqarishi haqida aytib o‘tdik. Mazkur murabbiy 2010-2011 yillarda Bahrayn terma jamoasini boshqargan. Shuningdek, 2008 yil Sharida boshchiligidagi “Muharraq” klubi OFK kubogida g‘olib chiqishning uddasidan chiqqan;

9. “Al Xidd” OChL saralashida ilk bor qatnashayotgani yo‘q. Bunga qadar 2014 yilgi mavsumda jamoa aynan mana shu bosqichda Qatarning “Lexviya” jamoasiga mag‘lub bo‘lgan holda mazkur musobaqadagi yurishiga yakun yasagan;

10. Bahraynning amaldagi chempionlari uchun ushbu mavsum oson o‘tayotgani yo‘q. Ayni paytda qarshiliklarning raqiblari Qirol kubogi turnirida chorak finaldayoq kurashdan chiqishgan bo‘lsa, chempionatda 10 ta jamoa orasida 7 o‘rinda borishmoqda.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!